O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti — mamlakatda jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning barvaqt oldini olish sohasidagi davlat siyosatini ilmiy asosda qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan respublika ilmiy-tadqiqot muassasasidir.
Institut jinoyatchilikning salbiy tendensiyalari va omillarini kompleks ilmiy o‘rganish, ularni bartaraf etish orqali jinoyatlarning barvaqt oldini olish tizimini ilmiy, uslubiy, huquqiy hamda tashkiliy-amaliy jihatdan ta’minlaydi.
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini ilmiy asosda rivojlantirish, barvaqt oldini olish mexanizmlarini ishlab chiqish — davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–10-son “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, institutning huquqiy asosi yaratildi.
Tashkiliy-huquqiy mexanizmlar mustahkamlanib, Kriminologiya tadqiqot instituti o‘zining rasmiy faoliyatiga to‘liq kirishdi.
Institut yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatidan ta’minlash, jamoat xavfsizligiga tahdidlarni oldindan aniqlash hamda jinoyatchilik omillarini bartaraf etishga qaratilgan ilmiy asoslangan yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan.
Institut jinoyatchilikka qarshi kurashishning ilmiy, tizimli va prognozga asoslangan yangi modelini shakllantiruvchi markazdir. Ilm-fan yutuqlarini huquqni qo‘llash amaliyotiga bevosita joriy etish orqali milliy kriminologiya maktabini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Jinoyatchilik murakkab ijtimoiy jarayon sifatida fanlararo yondashuv asosida tadqiq etiladi. Institut ilmiy salohiyati quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
Institut davlat organlariga faqat “Qayerda va qanday jinoyat sodir bo‘ldi?” degan savolga emas, balki quyidagi strategik savollarga ilmiy asoslangan javob beradi:
Nima uchun sodir bo‘ldi?
Qaysi omillar uni yuzaga keltirdi?
Kelgusida qayerda va qanday xavf paydo bo‘lishi mumkin?
Uning oldini olish uchun davlat qanday choralarni ko‘rishi kerak?
Davlat va ilm-fan o‘rtasidagi strategik ko‘prik sifatida Institut yagona ilmiy siklni shakllantiradi: