Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Profilaktik Suhbat

2025.05 .05

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik suhbat

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti mas’ul xodimlari hamda Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari U.J. Karimov va yoshlar masalalari bo‘yicha xodimlar ishtirokida 2024 yil davomida jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ota-onalar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatda yoshlarning qayta jinoyat sodir etmasligi uchun tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir davomida huquqbuzarlik va uning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berilib, yoshlarning tarbiyaviy muammolari muhokama qilindi.

Bunday profilaktik suhbatlar yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikni kamaytirish, ularning to‘g‘ri yo‘lni tanlashi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘mak beradi.