Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

O‘zaro Hamkorlik Memorandumi Imzolandi

2025.05 .05

Kriminologiya tadqiqot instituti va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 13 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida Kriminologiya tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi jinoyatchilik omillarini aniqlash: ilmiy yondoshuv va amaliy yechimlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Oliy Majlis palatalari vakillari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Kriminologiya tadqiqot instituti, shuningdek yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalari, Jamoatchilik kengashi va Ekspertlar guruhi aʼzolari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida har ikkala muassasa o‘rtasida korrupsiya sohasidagi jinoyatchilikning oldini olish masalalarini ilmiy jihatdan kompleks tadqiq etishni nazarda tutuvchi o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, tadbir davomida “Korrupsiya muammolarini tadqiq qilish ofisi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut boshlig‘ining o‘rinbosari, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori Farrux Bazarov so‘zga chiqib, ushbu ofis ochilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad, ofisning vazifalari va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritdi.
Davra suhbati fikr va mulohazalarga boy tarzda o‘tdi.