2025.04 .30
Kriminologiya Instituti xodimlari Ohangaron shahar IIB HPX, PPX va YHXX xodimlari bilan suhbat o‘tkazdi
Kriminologiya ilmiy tadqiqot instituti xodimlari Ohangaron shahar Ichki ishlar bo‘limining Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati (HPX), Patrul-post xizmati (PPX) va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) xodimlari bilan birgalikda samimiy suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida, jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasida mavjud tajribalar va amaliy usullar almashildi. Xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat joylarida tartibni saqlashda ilg‘or metodlar haqida muhokama qilindi.