2025.10 .29
"MUQADDAM SUDLANGANLAR JINOYATCHILIGINING BUGUNGI HOLATI, MUAMMOLAR, SABAB VA OMILLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI BO‘YICHA
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida 2025 yil 31 oktyabr kuni soat 14:30 da "Muqaddam sudlanganlar jinoyatchiligining bugungi holati, muammolar, sabab va omillar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada muhokama qilinadigan masalalar:
Muqaddam sudlanganlar jinoyatchiligining bugungi holati;
Bu turdagi jinoyatlarning tendensiyalari, sabab va omillari;
Muqaddam sudlanganlar jinoyatchiligini oldini olish borasida yaratilgan mavjud ijtimoiy moslashtirish va tarbiyalash mexanizmlari;
Bu turdagi jinoyatlarning oldini olish borasidagi xorijiy davlatlar tajribasi;
Mazkur yo‘nalishdagi mavjud muammolar va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar.
Konferensiya rasmiy tillari: o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillari.
Shuningdek, "Muqaddam sudlanganlar jinoyatchiligining bugungi holati, muammolar, sabab va omillar" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to‘plam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, konferensiya materiallariga quyidagi talablar qo‘yilgan:
− Maqola yoki tezis o‘zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi;
− Annotatsiya va kalit so‘zlardan iborat bo‘lishi;
− Matn kompyuterda “Microsoft Word” dasturining “Times New Roman” shriftida 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda yozilishi, elektron nusxada taqdim etilishi hamda matnning chap tomoni 3 sm, o‘ng tomoni 1,5 sm, yuqori va pastki qismlari 2 sm bo‘lishi;
− Maqola hajmi 6-9 sahifa, tezis hajmi 3-4 sahifa bo‘lishi, grammatik va stilistik xatolarsiz, sifatli bo‘lishi shart.
Konferensiyada ishtirok etishni xohlaganlar o‘z materiallarini to‘plamda chop ettirish uchun 2025 yilning 31 oktyabr kuniga qadar qog‘oz yoki elektron shaklda Institut mas’ul xodimi (Xamidov Asilbek Alisher o‘g‘li)ga topshirishlari lozim.
Murojaat uchun tel: +998-94-822-28-51, shuningdek tayyorlangan maqola va tezis matnini alfalawyeruzb@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin.