2025.10 .23
Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlik va psixotrop vositalardan foydalanishning sabablari hamda oldini olish choralari
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti sotsiologlari tomonidan “Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlik va psixotrop vositalardan foydalanishning sabablari hamda oldini olish choralari” mavzusida keng qamrovli sotsiologik tadqiqot o‘tkazilmoqda.
Tadqiqot doirasida Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi umumta’lim maktablari hamda litsey o‘quvchilari o‘rtasida maxsus so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovning maqsadi — yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop vositalarga qiziqish sabablari, bu illatning ijtimoiy ildizlarini aniqlash hamda samarali profilaktika choralari ishlab chiqishdan iborat.