2025.10 .13
“Bir jinoyat omili va uning bartaraf etilishi” teleko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yilmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida jinoyatchilik sabablari va ularni bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yangi media-loyiha doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🎬 Uchrashuvda institut rahbariyati va hodimlari bilan bir qatorda aktyor va rejissyorlar ham ishtirok etdi. Suhbat davomida “Bir jinoyat omili va uning bartaraf etilishi” nomli teleko‘rsatuvni tayyorlash, uni tizimli ravishda efirga uzatish, jamoatchilikka yetkazish va profilaktik mazmundagi samarali kontent yaratish bo‘yicha taklif va g‘oyalar muhokama qilindi.
✅ Teleko‘rsatuv orqali jinoyatlarga olib keluvchi omillar mohiyati ochib berilib, ularni bartaraf etishda davlat organlari va jamiyat hamkorligining ahamiyati keng targ‘ib qilinadi.
📌 Ushbu loyiha aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jinoyatchilikning oldini olishga doir bilimlarni ommalashtirish yo‘lida yangi bosqichni boshlab beradi.