2025.10 .10
Kriminologiya tadqiqot instituti “INNOWEEK-2025” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligida!
🚀 “Innoweek.uz — Chegarasiz gʻoyalar” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi 2018-yildan beri yurtimizda innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarida ilgʻor texnologiyalarni keng joriy etish va ilm-fan salohiyatini oshirishga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kunga kelib ushbu platforma Markaziy Osiyodagi eng yirik innovatsion maydonlardan biriga aylangan.
🌐 Tadbirda yetakchi xalqaro kompaniyalar, investorlar, diplomatlar, startaplar va ilmiy doiralar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti ham faol ishtirok etmoqda.
🔬 Institut nafaqat yangi texnologiyalar bilan tanishmoqda, balki oʻz ilmiy laboratoriyasida ishlab chiqilgan innovatsion texnologiyalarini ham keng jamoatchilik eʼtiboriga taqdim etmoqda. Ushbu ishlanmalar jinoyatchilikni tahlil qilish, prognozlash, xavfsiz muhitni taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.
✅Mazkur ishtirok orqali Institut innovatsion gʻoyalarni amaliyot bilan uygʻunlashtirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda kriminologik tadqiqot faoliyatini yangi texnologik bosqichga olib chiqish yoʻlida muhim qadam tashlamoqda.