Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Anjuman

2025.10 .09

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti professori Xojimurod Odilqoriyev Tuxtamurodovichning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2025-yil 8-oktabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik fanlar doktori, professor Odilqoriyev Xojimurod Tuxtamurodovichning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda davlat va huquq taraqqiyoti: yangi yondashuvlar va tendensiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Konstitutsiyaviy sudi, Adliya vazirligi, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, shuningdek, Rossiya, Qirg‘iziston, Janubiy Koreya va boshqa davlatlardan taniqli olimlar ishtirok etdilar.

Tadbirda professor Xojimurod Odilqoriyevning ilmiy merosi, davlat va huquq nazariyasi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, yosh huquqshunoslar tayyorlashdagi xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Anjumanning asosiy maqsadi — davlat va huquq tizimining zamonaviy bosqichdagi rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish yo‘llarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.