2025.10 .08
Kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda olib borilgan o‘rganishlar yakuni bo‘yicha muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son Qarorida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, kriminogen vaziyati murakkab sanalgan Andijon viloyatidagi 9 ta mahallalarga ilmiy yondashgan holda, jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kriminologiya tadqiqot instituti mas’ul rahbar va xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Mazkur o‘rganishlar yakuni bo‘yicha aniqlagan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 9 ta mahallaning yettilik a’zolari va ushbu mahallalarga biriktirilgan mas’ullar ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.