2025.10 .08
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi
Institut jamoasida ilmiy faoliyat yuritib kelayotgan, yosh olim va tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlab, ularning kasbiy shakllanishiga munosib hissa qoʻshayotgan ustoz va murabbiylar taqdirlandi.
Institut rahbariyatining taʼkidlashicha, ustoz va murabbiylarning ibratli mehnati yosh avlodning barkamol inson boʻlib kamol topishida beqiyos ahamiyatga ega.
Kriminologiya tadqiqot instituti jamoasi barcha ustozlarni yana bir bor bayram bilan tabriklaydi!