2025.10 .08
Ichki ishlar organlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha maxsus seminar
Ichki ishlar vazirligida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur jarayonni samarali tashkil etish, masʼul xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ilmiy-uslubiy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Kriminologiya tadqiqot institutida maxsus o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminar davomida:
📊 xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning zamonaviy mexanizmlari, ilg‘or xorijiy tajribalar va ularni O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi;
✅ ichki ishlar organlari tizimida mazkur yo‘nalishga masʼul qilib biriktirilgan xodimlar ishtirok etdi;
✅ amaliy misollar, yangi uslub va metodlar bo‘yicha maxsus taqdimotlar ham o‘tkazildi.
Ushbu tashabbus ichki ishlar organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va samaradorlikni ta’minlash, xalqaro maydonda O‘zbekistonning ijobiy imidjini mustahkamlashga xizmat qiladi.