2025.10 .08
Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi Oʻzbekiston klubi va Kriminologiya tadqiqot instituti hamkorligi mustahkamlanmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshligʻi, polkovnik B.E. Berdialiyev hamda institut ilmiy xodimlari ishtirokida Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi Oʻzbekiston klubi raisi M. Atadjanov va assotsiatsiya vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, kelgusidagi qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishga bag‘ishlandi.
Uchrashuv davomida institut tashabbusi bilan ta’sis etilayotgan xalqaro ilmiy jurnal faoliyatida Xalqaro politsiya assotsiatsiyasi Oʻzbekiston klubining hamta’sischi sifatida ishtirok etishi bo‘yicha taklif ilgari surildi. Ushbu tashabbus xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va ilmiy izlanishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi ta’kidlandi.Shuningdek, assotsiatsiyaning texnik bazasi imkoniyatlari keng taqdim etildi. Tomonlar ushbu imkoniyatlardan qo‘shma tadqiqotlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va loyihalarni samarali tashkil etishda foydalanish masalalarini muhokama qilishdi.
Istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
• xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil etish;
• qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
• ichki ishlar organlarining imidjini oshirish bo‘yicha amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
• institut xodimlari uchun malaka oshirish dasturlarini joriy etish;
• ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash.
Tomonlar mazkur uchrashuv o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy hamda amaliy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdilar.