2025.10 .08
Samarqand viloyatining kriminogen vaziyati ogʻir mahallalarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son hamda 2025-yil 18-avgustdagi 253-son qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida Samarqand shahrining "qizil" toifadagi mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni ilmiy monitoring qilish, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan chuqur oʻrganishlar oʻtkazilmoqda.