2025.10 .08
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha:Andijon viloyati.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son hamda 2025 yil 18 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-253-son qarorlari ijrosi doirasida, Kriminologiya tadqiqot instituti xodimlari A. Abdugapparov, Ya. Ollamov, K. Nurmetov va L. Isakovlardan iborat ishchi guruh Andijon viloyatidagi 9 ta "qizil" toifadagi mahallalarda kriminogen vaziyatga ta'sir qilayotgan omillarni ilmiy yondashuv asosida izchil o'rganmoqda.