Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Ilmiy tashrif

2025.10 .08

Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha:Samarqand viloyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son hamda 2025 yil 18 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-253-son qarorlari ijrosi doirasida, Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i polkovnik B.E.Berdialiyev rahbarligidagi ishchi guruh Samarqand viloyati mahallalarida kriminogen vaziyatga ta'sir qilayotgan omillarni ilmiy yondashuv asosida izchil o'rganmoqda.