2025.04 .30
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida M E M O R A N D U M
O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, inson huquqlarining buzilish holatlari, sabab va omillarini tahlil qilishda, shuningdek, sodir etilgan jinoyatchilikni bartaraf etishning samarali tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bilan O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Shuningdek, kelgusida tomonlar o‘rtasida hamkorlik inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta'minlashda kriminologiya sohasining yutuqlaridan foydalanish, ushbu sohada o‘rganishlar, xususan kriminologiyaning ilg‘or metodlaridan foydalangan holda jinoyatchilik omillarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlarni olib borish, kriminologik tadqiqotlarni amalga oshirishda rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manzilli hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar grantlarini jalb etish va ularda ishtirok etishni yo‘lga qo‘yish masalalari kelishildi.