Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

PRESS-RELIZ

2025.08 .25

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga navbatdagi 2025-yil 4-chorak uchun mustaqil izlanuvchilar qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti ta’lim tashabbuslarini faol ravishda rivojlantirib, zamonaviy ta’lim usullarini va ilmiy tadqiqotlarni joriy etishga tinimsiz intilmoqda. Jumladan kuni kecha, 2025-yil
21-август kuni O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida Oliy ta’limdan keyingi ta’lim mustaqil izlanuvchilik shakliga hujjat topshirgan 15 nafar tadqiqotchilarlarni qabul suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat Institutning majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Ushbu qadam yosh tadqiqotchilar va mutaxassislarga kriminologiya sohasida bilim va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish uchun yangi ufqlar ochadi. O‘tkazilgan suhbat davomida yuqori bilim-ko‘nikmalarga ega, malakali va ilmiy faoliyatga intilayotgan nomzodlar saralab olindi. Institutning yetakchi ilmiy xodimlari, mutaxassislari va professor-o‘qituvchilaridan iborat komissiya tarkibi talabgorlarning tadqiqot g‘oyalari hamda ilmiy faoliyatga tayyorgarligini baholadi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim mustaqil izlanuvchilik shakli, iste’dodli yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muvaffaqiyatli kasbiy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan.