Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

IIV Akademiyasida amaliy uchrashuv

2025.08 .19

IIV Akademiyasida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin “voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar” bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 14-avgust kuni IIV Akademiyasida malaka oshirish kurslarida tahsil olayotgan 500 nafarga yaqin “voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar” bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazilib, voyaga yetmaganlar bilan ishlash amaliyotidagi mavjud muammolarni bartaraf etishda zamonaviy metodlar va samarali mexanizmlarni o‘rgatishga bag‘ishlandi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘rtasida sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazilib, inspektor-psixologlarning kundalik faoliyatida uchraydigan qiyinchiliklar, ularni hal etish yo‘llari va faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar yig‘ildi. Ushbu so‘rovnomalar asosida amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.