2025.07 .16
"qizil" va "sariq" toifaga kiritilgan mahallalar faoliyati o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvardagi PQ-1-son qarori – “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjatda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida navbatdagi amaliy tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy xodimlari – I.E. To‘raev, R. Matchanov, H.F.Akramov va R.B.Polvanovlar tomonidan Samarqand shahrida joriy yilning ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha "qizil" va "sariq" toifaga kiritilgan mahallalar faoliyati o‘rganilmoqda.