2025.05 .20
PRESS-RELIZ
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida
“Kriminologiyaning dolzarb masalalari: ‘Xavfsiz oila’ tamoyilini amalga oshirishda mahalla va xotin-qizlar faoliyatining kriminologik jihatlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada mahallalarda tashkil etilgan ijtimoiy profilaktika tizimining samaradorligini oshirish, oila-turmush munosabatlaridagi zo‘ravonlik jinoyatlari sodir etilishi, sabablari va oqibatlari hamda ushbu jinoyatlarning oldini olish muammolari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar, shuningdek, ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, xorijiy davlatlar qonunchiligining ilg‘or tajribalarini o‘rganish natijalarini O‘zbekiston sharoitida joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash, mutasaddi davlat organlari vakillari va yurtimizdagi yetakchi olimlarning ekspertlik fikrlarini o‘rganish ko‘zda tutilgan.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar muhokama qilindi:
Oila-turmush munosabatlaridagi zo‘ravonlik jinoyatlari,
Mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirishning kriminologik jihatlari,
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika tizimini rivojlantirish,
“Xavfsiz oila” tamoyilini amalga oshirishda xotin-qizlarning o‘rni.
Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ilmiy va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar offline va Zoom platformasi orqali online tarzda ishtirok etdilar.
Professor-olimlar hamda tadqiqotchi va amaliyotchilar tomonidan taqdim etilgan maqola va tezislar konferensiya yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Kriminologiya instituti tomonidan elektron tarzda chop etiladigan to‘plamda nashr etilishi rejalashtirilgan.