2025.05 .05
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish chora-tadbirlari keng jamoatchilik ishtirokida muhokama etildi.
Bugun Olmazor tumani hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirishga oid PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman prokurori Axror Axunov, tuman IIO FMB boshlig‘i Maxkam Vafoyev, Kriminologiya tadqiqot instituti bosh ilmiy xodimi va professori, tuman adliya bo‘limi, xalq qabulxonasi, Milliy gvardiya, mahalla uyushmasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, yoshlar ishlari agentligi, sog‘liqni saqlash, oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbarlari, tuman mahallalarining “yettiligi”, favqulodda vaziyatlar bo‘limi, “Inson” markazi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Seminarda Qarorda belgilangan vazifalarni mahallalarda amalga oshirish, jumladan, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar, “mahalla yettiligi”ga yuklatilgan vazifalar va sohaviy javobgarliklar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.