2025.05 .05
Namangan viloyati IIBda O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya instituti ilmiy-tadqiqot guruhi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuhrat Aliyev rahbarligida o‘tkazildi. Unda Kriminologiya instituti ilmiy-tadqiqot guruhi a’zolari va viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmat rahbarlari ishtirok etdi.
Ilmiy guruh a’zolari xizmat safarining mazmun-mohiyatini tushuntirib berishdi.
So‘ngra polkovnik Shuhrat Aliyev jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda Namangan shahrida yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim samarasi haqida so‘z yuritdi hamda bu tajribani viloyatning barcha tumanlarida joriy etish lozimligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida joriy jinoyatlar sabablari va omillarini aniqlash, tahlil qilish, xorijiy ijobiy tajribani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash, hamkorlik masalalari va boshqa tashkiliy jihatlar muhokama qilindi.