Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Sotsiologik tadqiqot

2025.12 .05

YOʻL-TRANSPORT HODISALARI SABABLARI VA ULARGA YECHIMLAR: YOSHLAR NIGOHIDA

Bugungi kunda yoʻl-transport hodisalari (YTH) nafaqat statistik koʻrsatkichlar ortida qolayotgan raqamlar, balki jamiyatning kundalik hayotiga bevosita taʼsir qilayotgan ogʻir ijtimoiy muammolardan biridir. Transport vositalarining koʻpayishi, haydovchilik madaniyatining pastligi va infratuzilma kamchiliklari YTHlarning koʻpayishiga sabab boʻlmoqda.

         Statistik maʼlumotlarga koʻra, avtohalokatlar ayniqsa 5–29 yoshdagi yoshlar uchun oʻlimning yetakchi sababi hisoblanadi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilda mamlakatimizda 9364 ta YTH sodir boʻlgan, 2203 ta oʻlim va 8901 ta inson jarohat olgan. Bu koʻrsatkich yoshlar nuqtai nazaridan yoʻl xavfsizligini oʻrganish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.

         Ushbu maqola yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) va Oʻzbekiston statistika qoʻmitasi maʼlumotlari asosida tayyorlandi.

         Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan sotsiologik soʻrovda YTHlarning asosiy sabablari, haydovchilar va piyodalarning xatti-harakatlari, infratuzilma boʻyicha fikrlar hamda profilaktika boʻyicha yoshlarning takliflari oʻrganildi.

          Ushbu tadqiqotning batafsil natijalari bilan sahifamizning Maqolalar bo'limida tanishishingiz mumkin.