Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Institutga tashrif

2025.11 .21

Xitoy Xalq Respublikasining Tsinghua universiteti tarkibidagi Hewei jamoat xavfsizligi instituti delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga tashrif buyurdi

Bugun Kriminologiya tadqiqot institutida Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Tsinghua universitetining Hefey jamoat xavfsizligi instituti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif doirasida tomonlar:
🔹 kriminologik tadqiqotlar yo‘nalishlari;
🔹 jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar;
🔹 kadrlar malaka almashinuvi va qo‘shma loyihalar;
🔹 zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asosida xavfsizlikni ta’minlash tizimlari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.