2025.11 .21
Samarqandda IIV huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan II xalqaro forum ish boshladi
Samarqand shahrida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan, xalqaro tashkilotlar, qator davlatlar politsiya rahbarlari va jahon kriminologlari hamda yetuk olimlari ishtirokidagi ikki kunlik “Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari” II xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.
Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024 yil 15 yanvardagi PQ–22-son qaroriga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Forumda Vengriya, Qatar, Hindiston, Xitoy, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Tojikiston va Qirg‘iziston mamlakatlarining politsiya idoralari va kriminologik tadqiqot tuzilmalari rahbarlari, shuningdek, qator nufuzli xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda, jumladan:
• UNODC — BMTning Jinoyat va narkotiklar bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy boshqarmasi;
• TIKA — Turkiya Hamkorlik va taraqqiyot agentligi;
• GIZ — Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati.