2025.11 .21
O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligi yangi bosqichda!
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga Janubiy Koreya Milliy politsiya Universitetidan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mazkur delegatsiyani Institut boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Azim qabul qilib, ular bilan samarali muzokaralar olib borib, mamlakatimizning jinoyatlarni barvaqt oldini olish va unga qarshi kurashish, xalqaro ilmiy hamkorlik hamda reyting va indekslar bilan ishlash tajribasi borasida nutq so‘zladi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan islohotlar bo‘yicha tajriba almashish, qo‘shma xalqaro loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi. “Kriminologiya” xalqaro jurnali tahrir hay’atiga Koreya tomonini doimiy a’zo sifatida jalb etish taklif qilindi. Janubiy Koreya delegatsiyasi mazkur taklifni mamnuniyat bilan qabul qildi.
Delegatsiya “Nodirabegim” m.f.y. faoliyati bilan tanishib, mahalla tizimi ularda katta taassurot qoldirganligini bildirib, bu tajribani yanada chuqur o‘rganish va ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdi. Uchrashuv yakunida Janubiy Koreya Milliy politsiya universiteti bilan jinoyatchilikni tadqiq etish bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihani amalga oshirishga kelishib olindi.