2025.11 .21
O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti tashabbusi bilan «Muqaddam sudlanganlar jinoyatchiligining bugungi holati: muammolar, sabab va omillar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
➡️ Konferensiyaning asosiy maqsadi – muqaddam sudlanganlar jinoyatchiligining holati, tendensiyalari va omillarini ilmiy-amaliy yondashuv asosida tahlil qilish hamda profilaktika va reintegratsiya bo‘yicha samarali chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.
➡️ Konferensiyada professor-olimlar, tadqiqotchi va amaliyotchi mutaxassislar o‘z tezis va maqolalarini taqdim etdilar. Tadbir yakunlari bo‘yicha barcha ilmiy materiallar Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan elektron to‘plam shaklida nashr etiladi.
Muqaddam sudlanganlar jinoyatchiligini kamaytirish – bu faqat jazo yoki nazorat masalasi emas, balki jamiyatning har bir bo‘g‘ini ishtirokida amalga oshadigan murakkab ijtimoiy jarayondir. Konferensiyada bildirilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ushbu yo‘nalishdagi amaliy chora-tadbirlarni yanada tizimli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.