2025.06 .09
E'LON
Kriminologiya tadqiqot institutida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.31/31.10..Yu.186.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi majlisi 2025 yilning 10 iyun kuni soat 10:00ga Kriminologiya tadqiqot institutining dissertatsiyalar himoyasi zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ilmiy seminarning navbatdagi majlisida IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi Rashidov Shavkatbek Ravshanbek o‘g‘lining “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi” hamda “12.00.15 – Kriminologiya” ixtisosliklari doirasida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishning jinoyat huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilinadi.