2025.06 .02
E'LON
Kriminologiya tadqiqot institutida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.31/31.10..Yu.186.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi majlislari 2025-yilning 3-iyun kuni Kriminologiya tadqiqot institutining dissertatsiyalar himoyasi zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ilmiy seminarning soat 10:00dagi majlisida mustaqil izlanuvchi Tairova Gulmira Murodjonovnaning “12.00.15 – Kriminologiya” ixtisosligi doirasida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy modelini shakllantirish asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishi hamda soat 15:00 dagi majlisida mustaqil izlanuvchi Isayev Sardor Alisherovichning “12.00.15 – Kriminologiya” ixtisosligi doirasida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasining oldini olishning kriminologik jihatlari (O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyasi faoliyati asosida)” mavzusida yozgan dissertatsiyasi muhokama qilinadi.