2025.05 .11
PhD.31/31.10.2024.Yu.186.01 raqamli Ilmiy kengashning birinchi tarixiy majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis Kriminologiya tadqiqot institutining Ilmiy kengash va dissertatsiyalar himoyasi zalida o‘tkazildi.
2025-yil 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.31/31.10.2024.Yu.186.01 raqamli Ilmiy kengashning birinchi tarixiy majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis Kriminologiya tadqiqot institutining Ilmiy kengash va dissertatsiyalar himoyasi zalida o‘tkazildi.
Majlisda mustaqil izlanuvchi SHUKUROVA MUHAYYO MUKUMJANOVNAning “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat ijroiya huquqi” hamda “12.00.15 – Kriminologiya” ixtisosliklari bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Hokimiyat harakatsizligi: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlar” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi. Ushbu Kengashni yig‘ilishidan asosiy maqsad ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish va ta’lim jarayoniga zamonaviy usullar va texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
Ilmiy kengash majlisida kengash a’zolari, huquqshunos olimlar, yuqori malakali huquqshunoslar kadrlar hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi. Talabgor Ilmiy tadqiqot dissertatsiyasida mamlakatimizda hokimiyat harakatsizligi (mansabdor shaxslar tomonidan sodir etiladigan) jinoyatlarning oldini olish, ularning boshqaruv sohasidagi faoliyatlarini tartibga solishga oid qonunchilik normalarini takomillashtirish bo‘yicha tegishli (ilmiy asoslantirilgan) takliflar berildi.
Dissertatsiya himoyasi natijalari bo‘yicha Shukurova Muhayyo Muqumjonovnaga yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga tavsiya etildi.