Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Kriminogen vaziyat

2025.10 .07

O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh joriy yil 16–19 sentyabr kunlari Navoiy viloyatida xizmat safarini amalga oshirdi.

Safar davomida:

➡️“Qasddan badangа og‘ir shikast yetkazish va Navoiy viloyati jinoyatchiligini tadqiq qilish” ilmiy loyihasi doirasida belgilangan tadbirlar bajarildi;
➡️hududlar kesimida kriminogen vaziyat va uni barqarorlashtirish choralari ilmiy jihatdan o‘rganildi;
➡️kriminologik faoliyat amaliyotidagi muammolarni hal etishga qaratilgan kompleks yechimlar ishlab chiqildi;
➡️kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarda mas’ullar va jamoatchilik vakillari bilan muhokamalar o‘tkazildi;
➡️ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari kesimidagi muammolar va ularni bartaraf etish choralari ishlab chiqildi.

Mazkur xizmat safari natijalari Navoiy viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktika ishlarini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.