Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti Vengriya Milliy kriminologiya instituti bilan yangi hamkorlik bitimini imzoladi

2025.05 .08

Kriminologiya tadqiqot instituti Vengriya Milliy kriminologiya instituti bilan yangi hamkorlik bitimini imzoladi

2024 yilning 17-sentyabr kuni Vengriyaning Budapesht shahrida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti boshlig‘i Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich boshchiligidagi delegatsiya Vengriya Milliy kriminologiya instituti direktori professor Tunde Andrea Barabash yetakchiligidagi institut xodim va olimlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikkala tomon o‘zlarining kriminologiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalari va ilmiy izlanishlari haqida ma’lumotlar berdi.

Shuningdek, tadbir davomida ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish bo‘yicha ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lgan qator kelishuvlarga erishildi.

Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti mutasaddilari Vengriyadagi Gaspar universitetining Jinoiy fanlar instituti hamda, Qirol Lyudovik Davlat xizmati universitetlarida bo‘lib, kriminologiya sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar va ilmiy izlanishlar tanishib, yurtimizda mazkur yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar davomida giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar va mahkumlar bilan ishlashni ilmiy tadqiq qilish hamda O‘zbekiston tomonidan ilmiy xodimlarni stajirovkaga jo‘natish bo‘yicha kelishib olindi.

Bundan tashqari tashrif davomida yurtimiz vakillari Vengriyadagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi tomonidan xorijda ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashib, “Yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni oldini olish va diniy ekstremizm illatlari” mavzusida seminar tashkil etishdi.

Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan qator uchrashuvlar yakunida tadqiqot institutlari o‘rtasida birgalikda ilmiy izlanishlar va loyihalarni amalga oshirish hamda tajribalar almashish masalalarini ko‘zda tutuvchi o‘zaro teng manfaatli hamkorlik memorandumi imzolandi.