2025.05 .08
O‘zbekiston va Yaponiya ilmiy-tadqiqot muassasalarining hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi kelishuv imzolandi.
2024 yilning 16-sentyabr kuni Yaponiya Adliya vazirligining Dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqish departamenti, Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti, shuningdek, Nagoya iqtisodiyot universiteti rahbar va mutaxassis xodimlaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolariga O‘zbekiston Kriminologiya institutining tashkil etilishi, maqomi, faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va erishgan ilmiy natijalari haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Kriminologiya instituti va Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumini imzolash, shuningdek, 2024–2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Kriminologiya instituti tomonidan har yil o‘tkaziladigan, xususan joriy yilning 29-30-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari” mavzusidagi xalqaro forumda Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti boshlig‘i va yetakchi kriminolog olimlarini ishtirok etishini ta’minlash, Yaponiya Adliya vazirligi Ilmiy-tadqiqot va malaka oshirish instituti yetakchi kriminolog olimlarini O‘zbekiston Kriminologiya instituti huzuridagi Xalqaro ekspertlar kengashi a’zoligiga kiritish kabi qator kelishuvlarga erishildi.
Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan muzokaralar natijasida kriminologiya sohasida ilmiy hamkorlik chora-tadbirlarini kelgusida belgilangan tartibda amalga oshirish masalasini ishlab chiqishga kelishildi.