2025.07 .21
Kriminologiya nazariyasi
Kriminologiyada subkultura nazariyasi — bu jinoyatlarning ayrim guruhlar yoki jamoalarda madaniy normalar sifatida shakllanishini tushuntirib beruvchi nazariyadir. Subkultura nazariyasi shuni ta’kidlaydiki, ayrim ijtimoiy guruhlar o‘zlarining qadriyatlari, qoidalari, va me’yorlarini rivojlantiradilar. Agar bu qadriyatlar jamiyat qonun-qoidalariga zid bo‘lsa, u holda jinoyat mazkur guruh ichida odatiy xulq-atvorga aylanib qoladi. Amerikalik kriminolog Albert Cohen o‘zining "Delinkvent bolalar: Gang madaniyati" nomli kitobida, quyi ijtimoiy tabaqadagi o‘smirlar maktab tizimida muvaffaqiyatga erisha olmagani sababli, o‘zlariga mos "delinkvent" qadriyatli subkulturani yaratadi (masalan, tajovuzkorlik, o‘g‘irlik). Bu subkultura orqali ular jamiyatdagi rad etilish hissini qoplashadi. Uning fikriga ko‘ra, subkultura nazariyasida delinkvent o‘smirlarni ijtimoiy muvaffaqiyatsizlik natijasida "gang" yoki "ko‘cha madaniyati"ga tortiladigan yoshlar deb izohlagan.