2025.07 .21
Kriminologik nigoh
1982 yilda AQShlik sotsiologlar James Wilson va George Kelling tomonidan ilgari surilgan ushbu nazariya, shaharda jamoat tartibini buzadigan mayda muammolar, masalan, sindirilgan deraza, devordagi graffiti, yo‘lakdagi axlat yoki kechki vaqtda shovqin ko‘tarish vaqtida bartaraf etilmasa, ular og‘ir jinoyatlarga zamin yaratadi deb ta'kidlashgan. Ya’ni, muhitdagi mayda tartibsizlik jinoyatga rag‘bat uyg‘otadi hamda signal bo‘lib xizmat qiladi. Bu jinoyatchilarga «bu yerda nazorat yo‘q» degan xabarni beradi. Aksincha, toza, tartibli va nazorat ostidagi joylarda jinoyatchilik kamayadi, chunki jinoyatchi xavfni his qiladi.
1990-yillarda Nyu-York shahrida komissar William Bratton bu nazariyani asos qilib olib, «nol toqat siyosati»ni (zero tolerance policy) amalga oshiradi va ma'muriy huquqbuzarliklarga qarshi keskin choralar ko‘radi. Natijada jinoyatchilik darajasi ancha pasaygan.