Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Milan shahrida joylashgan, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi art-installyatsiya.

2025.07 .16

Devorga osilgan minglab qo‘g‘irchoqlar

Jinoyat izlari san’atda: "Wall of Dolls" — Milan shahrida joylashgan,  ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi art-installyatsiya. Bu devorga osilgan minglab qo‘g‘irchoqlarning har biri zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollarni ramziy tarzda yodga oladi va ularning shikastlangan hayotlarini aks ettiradi.
Wall of Dolls — jamiyatdagi gender zo‘ravonlik muammosiga qarshi norozilik belgisi sifatida paydo bo‘lgan. U har bir insonni ogohlikka, ayollar huquqlarini hurmat qilishga va bu jinoyatlarning oldini olishga chorlaydi. Ahamiyatga molik joyi shundaki, bu devorga har yili yangi qo‘g‘irchoqlar va tasvirlar qo‘shilib boradi. Ya'ni, jinoyatlarning avj olishi va qurbonlarning soni kun sayin oshayotganini eslatib turadi. Shu sababli, "Wall of Dolls" faqat estetik art-installyatsiya emas, balki Italiya jamiyatida ayollarga qarshi zo‘ravonlik va jinsiy jinoyatlar muammosini ko‘taradigan muhim ijtimoiy-madaniy yodgorlik hisoblanadi.