Logo
"Mirzo Ulug'bek" tum., "Buyuk ipak yo'li" ko'chasi, 243-uy
Dush-Juma : 09.00 AM-06.00 PM

Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

2025.05 .23

Hamkorlik Toʻgʻrisida Memorandum Imzolandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi farmoni va qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tizimida Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. Ushbu institut jinoyatchilik tendensiyalarini ilmiy tahlil qilish, jinoyatchilikning ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va boshqa omillarini aniqlash, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish kabi vazifalarni bajaradi.

Zamonaviy talablar asosida tadqiqot obyektlarini kengaytirish va jinoyatlarni chuqur ilmiy tahlil qilish maqsadida, Kriminologiya tadqiqot instituti va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandum imzolandi. Ushbu memorandum kriminologiya boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish, ilmiy va ekspertlik jihatidan taʼminlash, xalqaro grantlarni jalb etish, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va kriminologiya ilmiy maktablarini rivojlantirishni nazarda tutadi.